DV lotereyasi nima va qanday ishlaydi
Yangilangan: 2026-10-16
Diversity Visa (DV) — AQSh Davlat departamenti har yili o'tkazadigan dastur. Unda 55 000 tagacha immigratsion viza AQShga kam ko'chib keladigan davlatlarda tug'ilgan odamlar orasida tasodifiy tanlab olinadi.
Asosiy qoidalar
- Qatnashish — tug'ilgan davlatingizga bog'liq, fuqarolikka emas.
- Ma'lumot — AQSh high school'iga teng to'liq o'rta ma'lumot yoki 2 yillik malakali ish tajribasi.
- Narx — rasmiy ro'yxatdan o'tish to'lovi $1.
- Bir kishi — bitta ariza. Ikki ariza bo'lsa, ikkalasi ham bekor qilinadi.
Yil davomida
- Kuz: ro'yxatdan o'tish (odatda oktyabr–noyabr) — faqat dvprogram.state.gov saytida.
- May: natijalar Entrant Status Check sahifasida.
- Keyin: tanlanganlar DS-260 to'ldiradi, hujjat yig'adi va intervyudan o'tadi.
- 30-sentyabr: o'sha dastur yili vizalari tugaydi.
Sanalar har yili alohida e'lon qilinadi. Botimizda eslatmani yoqing — ochilgan kuni xabar beramiz.