Tanlandingizmi? DS-260 va keyingi qadamlar
Yangilangan: 2026-10-16
Tabriklaymiz! Lekin tanlanish hali viza emas: g'oliblar vizalardan ko'p bo'ladi, shuning uchun vaqtni boy bermang.
- Case raqamingizni eslab qoling — navbat shunga qarab keladi.
- DS-260 onlayn formasini o'zingiz va ketadigan har bir oila a'zosi uchun to'ldiring. Ma'lumotlar dastlabki arizaga mos bo'lishi kerak.
- Hujjatlar: pasportlar, tug'ilganlik guvohnomalari, nikoh/ajrashish guvohnomalari, attestat yoki ish tajribasi isboti, sudlanmaganlik ma'lumotnomasi, ingliz tiliga tarjimalar.
- DV to'lovi ($330 dan) — faqat rasmiy ko'rsatma bo'yicha.
- Tibbiy ko'rik — elchixona tasdiqlagan shifokorda.
- Intervyu — elchixonada yoki AQShda status o'zgartirish orqali.
Viza dastur yilining 30-sentyabrigacha berilishi kerak. Biz har bosqichda yordam beramiz — botda «👤 Konsultant» tugmasini bosing.