Ma'lumot va ish tajribasi talabi: batafsil
Yangilangan: 2026-10-16
Bu talab faqat asosiy ariza beruvchiga tegishli — turmush o'rtog'i va farzandlar undan ozod. U ariza paytida emas, ko'proq intervyuda tekshiriladi: talabga javob bermasangiz, tanlangan bo'lsangiz ham viza berilmaydi.
1-yo'l: ma'lumot
- AQSh high school'iga teng, 12 yillik boshlang'ich va o'rta ta'lim kursini muvaffaqiyatli tugatgan bo'lishingiz kerak.
- Faqat rasmiy, kunduzgi ta'lim hisoblanadi. Sirtqi kurslar yoki «ekvivalentlik sertifikati» (masalan, GED) mos kelmaydi.
- Intervyuga attestat (diplom) va baholar varaqasini, ingliz tiliga tarjimasi bilan olib boriladi.
- O'zbekistonda ta'lim tizimi yillar davomida o'zgargan (maktab, akademik litsey, kollej). Sizning ta'limingiz 12 yillik kursga teng kelishi individual baholanadi — konsultantimiz hujjatlaringizni ko'rib chiqadi.
- Oliy ma'lumot (bakalavr va undan yuqori) odatda o'rta ma'lumot tugallanganini ham ko'rsatadi.
2-yo'l: ish tajribasi
- Oxirgi 5 yil ichida kamida 2 yil ish tajribasi.
- Kasb kamida 2 yillik tayyorgarlik yoki tajriba talab qilishi kerak.
- Davlat departamenti buni AQSh Mehnat vazirligining O*NET bazasi bo'yicha aniqlaydi: kasb «Job Zone 4 yoki 5» va SVP 7.0 dan yuqori bo'lishi kerak. Oddiy ishlar (sotuvchi, haydovchi, ishchi) odatda bu darajaga yetmaydi.
- Isbot: ish beruvchi ma'lumotnomalari, mehnat daftarchasi, shartnomalar.
Maslahat
Agar shubhangiz bo'lsa, topshirishdan oldin tekshiring — $1 kam, lekin yutib, intervyuda rad etilish katta yo'qotish. Botda «👤 Konsultant» tugmasini bosing.